JCH-2026. Meksika Ekvadorni mag'lub etdi va keyingi bosqichga yo'l oldi

1 iyul 2026, 09:00
JCH-2026 musobaqasining navbatdagi 1/16 final uchrashuvi bo'lib o'tdi.

Unda musobaqa mezbonlaridan biri hisoblanmish Meksika Ekvadorga qarshi bahs olib bordi.

Uchrashuvning 22-daqiqasida Meksika hisobni ochdi. Mezbonlar safida birinchi golni Xulian Kinones urdi.

31-daqiqada Raul Ximenes jamoasining ikkinchi golini urdi va shu tariqa uchrashuv 2:0 hisobida Meksikaning g'alabasi bilan yakunlandi.

Endi Meksika 1/8 finalda Kongo DR va Angliya uchrashuvi g'olibiga qarshi maydonga tushadi.

JCH-2026. 1/16 final

Meksika – Ekvador 2:0

Gol: 22 - Xulian Kinones, 31 - Raul Ximenes.

Meksika: Ranxel, Sanches, Vaskes, Montes, Galyardo, Lira, Romo, Mora, Kinones, Alvarado, Ximenes.

Ekvador: Galindes, Inkapie, Pacho, Ordones, Franko, Kaysedo, Vite, Angulo, Yeboa, Valensiya, Plata.

O'xshash yangiliklar


Manba: championat.asia