"France Football" bosh muharriri: "Dembele "Oltin to'p" uchun so'rovnomada katta ustunlik bilan g'alabaga erishdi"

Sherzod Nurmatov
23 sen 2025, 19:13
"France Football" bosh muharriri Vensan Garsiya PSJ va Fransiya terma jamoasi vingeri Usmon Dembelening 2025 yilgi "Oltin to'p" uchun so'rovnomada g'olib chiqqani masalasida to'xtaldi.

"U Afrika, Yevropa, Janubiy Amerika yoki Shimoliy Amerika bo'lsin, har bir qitadagi so'rovnomada g'alaba qozondi. U "Oltin to'p"ning aniq va so'zsiz g'olibi", – dedi Garsiya.

Eslatib o'tamiz, so'rovnomada "Barselona" a'zosi Lamin Yamal ikkinchi, Dembelening jamoadoshi Vitinya esa uchinchi o'rinni egalladi.

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: RMC Sport