Flikning agenti "Barselona" rahbariyati bilan uchrashdi

Sherzod Nurmatov
7 may 2026, 16:35
"Barselona" murabbiylar shtabining kelajagi tobora aniqlashib bormoqda.

Taniq insayder Fabricio Romanoning so'zlariga ko'ra, Xansi Flikning agenti Pini Zaxavi nemis murabbiyi va "Barselona" o'rtasidagi yangi muzokaralarni rasman yakunlash uchun Kataloniya poytaxtiga yetib keldi.

Ikkala tomon ham uzoq muddatli shartnomani uzaytirish uchun muzokaralarning so'nggi bosqichiga kirishdi. Nemis murabbiyining yangi shartnomasi 2028 yil iyun oyigacha amal qilishi kutilmoqda. Klub rahbariyati Flikka to'liq ishonadi, uning uslubini barqarorlik kafolati deb biladi.

Kataloniya jamoasi ligada to'rtta o'yin qolganida "Real"dan 11 ochko oldinda. 10 may kuni bo'lib o'tadigan "El Klasiko"da "ko'k-anorranglilar" g'alaba yoki durang qayd etsa, Ispaniya chempioniga aylanadi.


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: x.com/FabrizioRomano