

Manbaga ko'ra, 28 yoshli futbolchining ijara shartnomasida 15 iyungacha kuchga kirishi kerak bo'lgan 30 million evrolik sotib olish bandi mavjud.
Biroq buning o'rniga boshqa kelishuv tuzilishi muhokama qilinadimi yoki yo'qmi noma'lum. Shunga qaramay, Flik rahbariyatdan hujumchining jamoada qolish muddatini u yoki bu tarzda uzaytirishni so'radi.
Reshford "Barselona"da 2025 yilning iyulidan beri o'ynab kelmoqda. Ijara shartnomasi 2026 yil 30 iyungacha amal qiladi. U 2025/26 yilgi mavsum 48 o'yinda 14 ta gol urdi hamda 14 ta golli uzatmani amalga oshirdi.
Transfermarkt futbolchining transfer qiymatini 40 million evroga baholamoqda.



