Flik "Barselona"ning "Real"dan uchratilgan mag'lubiyatini izohladi

26 okt 2026, 08:22
"Barselona" bosh murabbiyi Xans-Diter Flik Ispaniya La Ligasi 10-turi doirasida "Real"dan uchratilgan mag'lubiyatni (1:2) izohladi.

"Bizda imkoniyatlar bo'ldi, ammo o'zaro tushunish yetishmadi. Ikkinchi bo'limda jamoa muammolar tug'dirishni boshladi, ammo aynan o'sha paytda biz diqqat-e'tiborni boy berdik va bu o'yin boy berilishiga olib keldi. Bu oson emas, ammo biz buni qabul qilishimiz kerak. "Barsa" rivojlanishda davom etishi lozim.

Biz xayolni chalg'itishga va unutishga harakat qilishimiz, joriy mavsumning oldingi o'yinlaridagi tetiklikni qaytarishimiz kerak.

Biz o'sishimiz lozim. Ushbu mag'lubiyatlardan so'ng hech qanday bahona bo'lishi mumkin emas. Ammo men nimaning ustida ishlashimiz kerakligini bilaman. Xavotir olmayapman, chunki bu o'yin va sportning bir qismidir. Ketma-ket ikkita mag'lubiyat - men va "Barselona"ning sidqidildan qayg'uradigan muxlislari uchun juda ko'plik qiladi. Ayniqsa "el klasiko"da. Biz yutqazishni xohlamaymiz".

Ispaniya chempionatida 10 ta o'yindan so'ng "Barselona" 27 ochko to'plab, turnir jadvalida peshqadamlik qilmoqda. Madridning "Real" klubi 24 ochko jamg'arib, uchinchi pog'onada joylashgan.

O'xshash yangiliklar


Manba: Marca