

"Bu faqat bir narsadan – sadoqatdan dalolat beradi. Men bu so'z ko'p ishlatilishini bilaman, lekin biz klublar va o'yinchilar tomonidan uning amalda ko'rsatilishini kamdan-kam ko'ramiz.
Bu biznes ekanligini tushunaman. Menimcha, u shunday o'ylagan: "Mening "Yunayted"da tugatilmagan ishlarim bor. Ha, bu yerda menga yaxshi maosh to'lashadi. Muxlislar meni sevishadi". Men uni yanada ko'proq hurmat qilishni boshladim.
Agar u ketganida, men buni yuz foiz tushunardim. Lekin uning qolib, "bu yerda yana ko'p ishlarim bor" degani uning shaxsiyatini ko'rsatadi va murabbiylarning unga bog'ichini ishonch bilan berishlariga yana bir sababdir.
Uning o'rnida bo'lsam, "yo'q" deyishga qiynalardim, deb o'ylayman. To'g'risini aytish kerak", – dedi "Manchester Yunayted"ning sobiq himoyachisi.



