

Manbaga ko'ra, portugaliyalik futbolchini "Real" klubi sotib olmoqchi. Madrid klubida ishlashga yaqin bo'lgan Joze Mourinyu futbolchini o'zining transfer maqsadi sifatida belgiladi. "Manchester Yunayted" o'z futbolchisini 100 million evrodan kam narxda qo'yib yubormaydi.
Diogu Dalot joriy mavsumda "qizil iblislar" safida 36 ta o'yin o'tkazib, 1 ta gol urdi va 3 ta golli uzatmani amalga oshirdi. Uning shartnomasi 2028 yilning yozigacha mo'ljallangan.



