Fayzullaevga "Istanbul"dan rasmiy taklif kutilmoqda: SSKA esa uni saqlab qolmoqchi

Iskandarov Abdulaziz
7 iyul 2025, 10:44
Hamyurtimiz faoliyatini Turkiyada davom ettirishi mumkin.

SSKA jamoasi yarim himoyachisi Abbosbek Fayzullaev Turkiyaning "Istanbul" klubi safiga o'tishi mumkin. Bu haqda insayder Ivan Karpov xabar berdi. Manbaga ko'ra, 21 yoshli futbolchiga yaqin kunlarda rasmiy taklif tushishi ehtimoli bor. Ammo Moskva klubi o'zining o'zbekistonlik vingerini qo'yib yuborish niyatida emas.

Agar Fayzullaev jamoani tark etsa, SSKA uning o'rniga "Rostov" yarimhimoyachisi, 22 yoshli Ivan Komarovni transfer qilish masalasini ko'rib chiqadi.

Eslatib o'tamiz, Fayzullaev o'tgan mavsumda SSKA safida barcha musobaqalarda 39 o'yinda ishtirok etib, 3 ta gol va 8 ta golli pas muallifi bo'lgan.


Iskandarov AbdulazizMuallif
Manba: Championat.asia