

Farhod Nishonov: “Qiyin g'alabaga erishdik. Shunday bo'lishini bilgandik, chunki “Jayxun” oxirigacha kurashadigan jamoa. Yigitlarga rahmat. Muhim g'alabani qo'lga kiritdik.
- “Jayxun” oxirigacha kurashadigan jamoa edi, ammo bugun uchrashuv oxirida ularni “zararsizlantira” oldingiz.
- To'g'ri aytdingiz, “Jayxun” oxirigacha kurashadi, to'p bilan ham to'psiz ham bosim qilaveradi. Oxirgi uchrashuvlarda yaxshi natijalar qayd etgan. Bugun bahs boshida ustunlikni ularga berdik. Yigitlarimizning jismoniy holati yomon emas, ammo zaxiradan tushgan futbolchilar ham o'yinimizni kuchaytirib berishdi.
- Jamoangiz kelasi turda Proliga yetakchilaridan bo'lgan “Sho'rtan”ga qarshi maydonga tushadi.
- Bu bahsda faqat g'alaba uchun o'ynaymiz. Uchrashuvga jiddiy tayyorgarlik ko'ramiz. Bu o'yin biz uchun finaldek.



