Faqat birgina “Manchester Yunayted” futbolchisi Onana muvaffaqiyatsizlikka uchraganidan keyin uni qo'llab-quvvatladi

Оқил Абдубарноев
30 noya 2023
"Manchester Yunayted" darvozaboni Altay Bayindir "Galatasaroy" bilan o'yinda muvaffaqiyatsizlikka uchragan hamkasbi Andre Onanani qo'llab-quvvatladi.

Chempionlar ligasi guruh bosqichining 5-tur uchrashuvi 3:3 hisobida yakunlandi. Bu natija MYUning holatini yomonlashtirdi va jamoaning pley-offga chiqish imkoniyatini pasaytirib yubordi.

The Telegraph nashrining yozishicha, final hushtagi yangraganidan so'ng butun jamoadan faqat Bayindir Onananing oldiga borgan va sherigini qo'llab-quvvatlagan.

Joriy mavsum Onana barcha turnirlarda 20 ta o'yin o'tkazib, 33 ta gol o'tkazib yubordi va 7 uchrashuvda darvozasi daxlsizligini saqlab qoldi.


Оқил АбдубарноевMuallif
Manba: The Telegraph