FAKT! Beshta turdan buyon yutqazmayotgan "ajdarlar" uchta o'yindan beri yuta olmayotgan "qaldirg'ochlar" mehmoni

Narzulla Saydullayev
4 may 2021, 12:28
Bugun Superliganing 7-turidan o'rin olgan dastlabki o'yinlar bo'lib o'tadi.

Soat 19:00da Toshkentdagi "Bunyodkor" stadionda "Bunyodkor" - "Nasaf" uchrashuvi boshlanadi.

E'tiborlisi "Bunyodkor" Superligada uchta turdan buyon raqiblarini enga olmayapti. Jamoa "Andijon"ni mag'lub etganidan keyin "Qo'qon-1912" va "So'g'diyona" bilan durang o'ynadi, oxirgi turda "Lokomotiv"ga imkoniyat boy berildi.

"Nasaf" dastlabki turda "Paxtakor"ga mag'lub bo'lganidan so'ng AGMK va "Navbahor" bilan durang o'ynadi, keyin "Turon", "Qizilqum" va "Surxon" taslim etildi.

"Nasaf" hozirga qadar Superligada eng ko'p gol urgan jamoa - 15ta.



Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia