

"Tabrik uchun rahmat. Bugungi g'alabamizning asosiy sababchisi bosh murabbiyimiz. Sababi, o'yindan bir kun oldin qiyin vaziyatda ham umidsizlikka tushmasligimiz va g'alaba qozonishimiz kerakligini ta'kidladilar. Bugungi o'yinda har xil vaziyat bo'lishi mumkinligini, g'alaba qozonish uchun borimizni berishimizni tayinladilar. Murabbiyimizning ruhlantirishlari bugungi g'alabamiz uchun asosiy sabab deb o'ylayman. Sababi bosh murabbiyimizda ham g'alabaga bo'lgan ishtiyoq, xarakter bor, buni bizga o'tkazdilar va mana, bugun g'alaba qozona oldik.
G'alabadan so'ng doim his-tuyg'ular yaxshi bo'ladi. Asosiysi, bugun yutishimiz kerak edi. Eng muhimi shu. Uchrashuvning eng yaxshi futbolchisi bo'lamanmi yoki yo'qmi, bu muhim emas. Biz uchun eng muhimi g'alaba va uch ochko edi".



