

Assalomu alaykum barchaga. Biz chiroyli g'alabaga erishdik, shuning uchun juda ham xursandmiz. Tabrik uchun katta rahmat barchaga. O'yin jami 95 daqiqa davom etgan bo'lsa, o'shani 15 daqiqalarini e'tiborsiz o'ynadik, buning evaziga ikkita gol qo'yib yubordik. Shunga qaramasdan, bizda shundan taktik o'zgartirishlarimiz va o'yinchilarni o'zgartirishimiz bu juda ham qo'l keldi. Bugun muhim g'alabaga erishdik.



