Fabio Kannavaro: "Tobora yaqinlashib kelayotgan ilk Jahon chempionatimiz uchun bor kuchimiz bilan mehnat qilyapmiz"

5 iyun 2026, 09:57
O'zbekiston MTJ bosh murabbiyi Fabio Kannavaro JCH oldidan ichidan o'tayotgan kechinmalari haqida fikr bildirdi.

"Buni butun vujudimiz bilan his qilib turibmiz. Tobora yaqinlashib kelayotgan ilk Jahon chempionatimiz uchun bor kuchimiz bilan mehnat qilyapmiz.

Kanadaga qarshi o'rtoqlik uchrashuvida (0:2) mag'lub bo'ldik, biroq maydonda munosib kurashdik va foydalana olmagan ko'plab vaziyatlarni yaratdik. Endi esa o'zimiz haqimizda, ayniqsa, bu yo'lning qaerida turganimiz borasida ko'p narsani ko'rsatib beradigan navbatdagi sinovga tayyormiz.

Dushanba kuni Niderlandiyaga qarshi bahsda eng yuqori darajadagi futbolchilarga qarshi o'z kuchimizni sinab ko'ramiz. Buyuk orzular aynan shunday - bosqichma-bosqich, kichik qadamlar bilan bunyod etiladi".

O'xshash yangiliklar


Manba: https://www.instagram.com/fabiocannavaroofficial/