Fabio Kannavaro O'zbekiston milliy terma jamoasining Urugvayga qarshi o'yin uchun qaydnomasini e'lon qildi: Norchaev chaqirildi

Sherzod Nurmatov
10 okt 2025
Milliy jamoa bugun tunda Urugvayga qarshi o'yinda ishtirok etish uchun Malayziyaga yo'l oladi.

Fabio Kannavaro mazkur bahsda ishtirok etadigan futbolchilar ro'yxatini e'lon qildi. Kuvaytga qarshi yig'inning birinchi qismida ishtirok etgan bir qator futbolchilarga dam berilib, yangi futbolchilar jalb etildi. 

Kuvayt bilan bahs uchun yig'inga chaqirilganlardan Farruh Sayfiev ("Neftchi"), Odiljon Hamrobekov ("Traktor", Eron) va Abbosbek Fayzullaev ("Istanbul Bashakshexir", Turkiya), jarohat tufayli tarkibdan tushib qolgan bo'lsa, Muhammadrasul Abdumajidov ("Paxtakor"), Umarali Rahmonaliev ("Sabah", Ozarbayjon), Nodir Abdurazzoqov (OKMK), Anvar Hojimirzaev ("Dinamo") va Rustam Turdimurodov ("Surxon") murabbiylar qaroriga binoan qaydnomadan chiqarildi. Yangi nomlardan Ruslan Jiyanov ("Navbahor") va Husayn Norchaev ("Nasaf") Urugvay bilan bahsga olib ketiladi. 

Darvozabonlar: Abduvohid Ne'matov ("Nasaf"), Botirali Ergashev ("Neftchi"), Vladimir Nazarov ("Paxtakor")

Himoyachilar: Rustam Ashurmatov ("Istiqlol", Eron), Sherzod Nasrullaev ("Nasaf"),  Muhammadqodir Hamraliev ("Paxtakor"), Hojiakbar Alijonov ("Paxtakor"), Alibek Davronov ("Nasaf"), Jahongir O'rozov ("Dinamo"), Umar Eshmurodov ("Nasaf"), Dilshod Saitov ("Paxtakor")

Yarim himoyachilar: Akmal Mozgovoy ("Baniyas", BAA), Abdurauf Bo'riev ("Paxtakor"), Azizjon G'aniev ("Al Bataeh", BAA), Hojimat Erkinov ("Paxtakor"), Otabek Shukurov ("Baniyas", BAA), Jamshid Iskanderov ("Neftchi"), Aziz Turg'unboev ("Paxtakor"), Oston O'runov ("Persepolis", Eron), Ruslan Jiyanov ("Navbahor")

Hujumchilar: Husayn Norchaev ("Nasaf"), Eldor Shomurodov ("Istanbul Bashakshexir", Turkiya), Igor Sergeev ("Paxtakor")

Eslatib o'tamiz, o'yin 13 oktyabr kuni Malakka shahridagi "Hang Jebat" stadionida Toshkent vaqti bilan soat 17:45 da start oladi.


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: ЎФА матбуот хизмати