

“JCHdan keyin darhol Italiyaga dam olish uchun ketdi, degan gaplar bo'ldi va bu haqiqatga to'g'ri kelmaydi. Alohida takidlamoqchimanki, men oxirigacha Nyu-Yorkdagi mehmonxonada MTJ bilan birga edim. Superligadagi tanaffus tufayli uyga borib keldim. O'zbekiston chempionati qayta boshlangach, qaytib keldim va o'yinlarni kuzatib bormoqdaman.
8-9 oy orqaga qaytadigan bo'lsak, men mavjud muammolar va o'yinchilar darajasi haqida gapirgandim. Har doim suhbatimiz markazida intensivlik haqida so'z borgan, yani futbolchilarimizning yuqori tempda o'ynashiga urg'u qaratib keldik. Men JCHda dahshatli temp bo'lishini bilardim. Ko'pchilik mundialda qiyinchilikka duch kelmaymiz deb o'ylagandir, lekin men bu haqda oldindan ogohlantirgandim”, – dedi Kannavaro.



