"FIFAga ayol kishi rahbarlik qilishi kerak bo'lgan vaqt keldi". Blatter Norvegiya assotsiatsiyasi prezidenti Lize Klaveness haqida

Aslanov Jasurbek
5 avg 2026, 11:58
Yozef Blatter FIFA rahbari lavozimiga ayol kishini - Norvegiya futbol assotsiatsiyasi prezidenti Lize Klavenessni tayinlashni taklif qildi.

"Klaveness maksimal hurmatga loyiq. U har doim aniq poziciyani egallagan va meynstrimga ergashmagan yagona inson edi. FIFAga ayol kishi rahbarlik qilishi kerak bo'lgan vaqt keldi", – deb yozdi FIFA sobiq prezidenti.

Nomzodlardan ariza qabul qilishning oxirgi muddati - 2026 yil 18 noyabr. Da'vogar nomzodini faqat milliy futbol assotsiatsiyasi ilgari surishi mumkin. Bunda nomzod kamida beshta federatsiyaning qo'llab-quvvatlashiga erishishi kerak. FIFA prezidenti saylovining o'zi 2027 yil 18 mart kuni Rabatda (Marokash) bo'lib o'tishi rejalashtirilgan.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: x.com/SeppBlatter