

"Barchaga salom. Mundialni kutib yashayapmiz. AQSHga yetib olishni kutmoqdamiz.
Bu erga kelganimdan beri barchaga eshiklarni ochiq deganman. Kimdir yaxshi formada, kimdir yo'q. Bazi futbolchilarimiz musobaqani o'tkzib yuborishadi. Men chaqirmagan yigitlar meni etarlicha ishontira olmagandir. Kimdir jarohatda to'g'ri, ammo men o'zim ishongan futbolchilarimni chaqirganman”, – dedi Kannavaro.

- Italiya terma jamoasida murabbiylar ko'proq jismoniy holatlarga e'tibor berishgan. Ayni paytda ko'pchilikni o'ylantirayotgan savol futbolchilarning jismoniy holati qanday? Jismoniy tayyorgarlik bo'yicha murabbiy nimalar demoqda? Futbolda jismoniy holat eng muhim jihatlardan biri…
- To'g'ri. Biz bu erga kelganimizdan beri ushbu muammoga e'tibor beryapmiz. Shuning uchun ham Assotsiatsiyadan Superligani bir muddatga to'xtatib turishni iltimos qildim. O'tgan hafta yig'inni boshladik. Yigitlar qiynalishmoqda, lekin yaxshi jihat shundaki, ular taslim bo'lishmayapti, mehnat qilishda davom etishmoqda. Men bu erga kelganimdan beri futbolchilarga eng yaxshi yo'lni va echimni ko'rsatishga harakat qilyapman. O'FAga rahmat, barcha iltimoslarimga labbay deb javob bermoqda. Yana qo'shimcha mutaxassislarni jalb eta oldik.
Top jamoalarga qarshi mehnat qilmasdan natijaga erishishning iloji yo'q. Yugurmaydigan futbolchilar g'alaba qozona olmaydi.
- Aziz Turg'unboev nega MTJga jalb etilmadi? Jismoniy holatimi yoki boshqa sabab?
- Aziz bilan gaplashdim. U jarohat olganida tezroq jismoniy holatini yaxshilashi kerakligini aytdim. O'yinlarda uning tana harakatlarini ko'rmadim. Men uchun futbolchilar "messej" berishlari kerak. Bu – futbol. Ayrim vaziyatda kimnidir tanlashga to'g'ri keladi. Agar Aziz mening fikrimni o'zgartira olsa, men uni yana terma jamoaga chaqiraman. Muammo yo'q.

- Tanlangan raqiblar haqida gapirib o'tsangiz. Aynan ushbu raqiblarni o'zingiz tanladingizmi?
- Biz Ermatov bilan ko'p gaplashamiz. Shuning uchun yaxshi raqiblarni tanlashga harakat qilamiz. Biz har doim kuchlilar bilan o'ynashimiz muhim. Ko'plab terma jamoalar bizga taklif bilan chiqishdi. Kanadani tanlaganimizning sababi ular mahalliy jamoa. Niderlandiya esa Yevropadagi eng top jamoalardan biri. Bizning taqvimimiz futbolchilarni bosqichma bosqich kuchaytirib borishga qaratilgan.

- Superligadagi intensivlik juda past. Jismoniy holatimizni yaxshilashimiz kerak deb aytib kelmoqdasiz, ammo joriy yig'inga chaqirilgan futbolchilar orasida jarohatlanganlar bor. "Lazaret"dagi yigitlar maydonga qaytganida yaxshi sport formada bo'lmasligi aniq. Biz esa Portugaliya va Kolumbiya bilan o'ynaymiz. Ular shunchaki dahshatli darajada. Ularga qarshi kechadigan o'yinda yaxshi manoda "it" kabi yugurish kerak bo'ladi. Shunda savol tug'iladi, jarohatlangan futbolchilarni chaqirib, nimani ko'zlayapsiz? Ularni mundialgacha tiklay olasizmi?
- Ular men bilan birga bo'lgani yaxshiroq. Men bilan deganimda nimani nazarda tutyapman? Assotsiatsiya va mening shtabim nazorati ostida bo'lishini. Nimaga? Mening shtabimdagi mutaxassislar o'z ishining ustasi. Ular haqiqiy profesionallar. Jahon chempionati kabi bir turnir davomida eng yaxshi mutaxassislar bilan ishlash muhim. Bu birinchi sabab.
Bilaman, hozirgi kunda qaysidir futbolchi 100% tayyor emasdir yoki o'zining eng yaxshi holatida emasdir. Misol uchun, Masharipov. Men Masharipovni mundialga olib borish uchun borimni berib harakat qilaman. Nega? Chunki u kiyinish xonasidagi muhim shaxs. Jamoa uchun muhim futbolchi. Men terma jamoaga kelganimdan beri Masharipov bir daqiqa ham o'ynamagan bo'lishiga qaramay. U jamoa yetakchisi. Men u bilan ko'p marotaba gaplashdim. Futbolchilar ham shunday bo'lishi kerak. Futbolchilar menga shunday ishtiyoqni ko'rsata olishi. Terma jamoaga chaqirilishi kerakligini isbotlashi kerak. Menga bir nima ko'rsatinglar. Shu sabab, yig'inga shu futbolchilarni chaqirdim. To'g'ri, ularning orasida jarohatlanganlar bor. Jarohat olgan futbolchilar yakuniy ro'yxatdan joy oladimi yoki yo'q, uni bilmayman. Vaqt ko'rsatadi.
Keyin esa yakuniy qarorni qabul qilaman. Men yigitlarni eng yaxshi fitness murabbiy va boshqa mutaxassislar qo'l ostida tiklanishini taminlayman.
- Menga maydonda jangchi futbolchilar kerak, degan edingiz. Sizning davringizdagi Italiya terma jamoasida shunday futbolchilar ko'p edi. Masalan, Jennaro Gattuzo. Hozirgi yig'ilgan tarkibda qaysi futbolchilarni shunday xarakterga ega degan bo'lardingiz? Etarlicha "jangchi"larni yig'a oldingizmi?
- Mening davrimdagi Italiya bilan hozirgi jamoani taqqoslash noto'g'ri. Yigitlarning yondashuvidan ko'nglim to'q. Eng muhim jihat hech qaysi vaziyatda engilmaslikka intilish. Qo'pol qilib aytganda "it" kabi harakatlanish. Har bir vaziyatni oxirigacha etkazish va jang qilish. Kolumbiya va Portugaliyani texnika bo'yicha enga olmaymiz. To'pga egalik qilganimizda esa o'yinni nazorat qilishga harakat qilishimiz kerak.
- Superliga va Yevropa top chempionatlari o'rtasidagi farq katta degan edingiz. Hozirgi vaqtda faqatgina Husanov va Shomurodov yaxshi formada deb o'ylayman. Qolgan liderlarimiz - Hamrobekov, Ashurmatov kabilar o'yin amaliyotisiz qolib ketgan. Bir oy vaqt qoldi. Ular mundialga qadar o'z formasiga qayta oladimi?
- Imkon qadar harakat qilamiz, ammo ularni majburlab yuboriimiz ham kerak emas. Men doktorlar, nutriciologlar bilan ularni tiklashga harakat qilamiz. Bizda ikki oydan beri o'ynamayotgan Erondagi yigitlar bor. Holatimiz zo'r emas. Faqatgina ishlash, ishlash, ishlash.
- JCHdan nima kutaylik?
- Men bu erga kelganimdan beri hamma shu savolni beradi. Kimdir mundialni yutishni ham so'radi. Bir narsani tushunaylik, bu birinchisi. Futbolchilarga bosim kerak emas. Bir narsa qilishimiz kerak, maydonga borimizni berishimiz va barchasini maydonda tashlab ketishimiz. Maydonda barchasini ko'rsatsak, hech narsadan afsuslanmaymiz. Hammasini maydonga tashlash. O'Zbekistonliklar shuni tushuninglar, biz Yevropa va Lotin Amerikasi jamoalariga qarshi o'ynaymiz. Bu oson emas. Birinchisi, yana takrorlayman, birinchisi. Bizning yo'qotadigan narsamiz yo'q. Vaziyatdan bahra olib, maydonda borimizni beraylik. Natijani kafotlamayman, ammo futbolchilar borini berishadi.
- Siz ko'pincha himoyada eksperiment qilyapsiz. Shu sababli himoyadagi xatolar kuzatildi. Ularning oldini olish uchun nimalar qilyapsiz?
- Shu paytgacha uchta markaziy himoyachi bilan o'ynab kelyapmiz. Menga qadar Kapadze va Katanets shunday taktikada o'ynab kelgan. Taktikani o'zgartirishim noto'g'ri bo'lardi. Natija olib kelgan narsani o'zgartirish ahmoqlik. Raqibdan kelib chiqib, to'rt nafar himoyachi bilan o'ynashimiz ham mumkin. Hammasi o'yin qanday kechishiga bog'liq.
- Jahon chempionati kabi katta musobaqada har bir detal katta ahamiyatga ega. Standart vaziyatlarga alohida tayyorgarlik ko'rilyaptimi?
- Standart vaziyatlar juda ham muhim. Statistikaga ko'ra, bir mavsumda 15-20 ta golni standart orqali urish mumkin. Bu juda yaxshi jabha.
- Italiya ham mundialda O'zbekistonga muxlislik qiladimi? JCHdan oldin muxlislarga nima deysiz?
- Italiyaliklar Anchelotti uchun Braziliyaga, Montella uchun Turkiyaga va bizga muxlislik qilishadi. Ko'plab vatandoshlarim bizga muxlislik qilishiga umid qilaman.
JCH favoritlari? Mundialda men uchun asosiy favoritlardan biri - Fransiya terma jamoasi. Bundan tashqari, ikkita kuchli tarkibga ega Portugaliya ham favorit bo'ladi. Bundan tashqari, Argentina hamda Braziliyani ham unutmaslik kerak. Va Angliya ham kuchli.
- Masharipov boshqa daraja va boshqa keys, biroq terma jamoada jarohatlangan boshqa futbolchilar Behruz Karimov, Abdulla Abdullaev va Husayn Norchaev haqida aytmoqchiman. Ular qaydnomadagi 40 o'rindan 3 tasini band qilishdi. Ularning o'rniga Superligadan kimnidir chaqirish varianti yo'qmidi? Bu ularga nisbatan adolatsizlik bo'lib qolmadimi? Masalan, Norchaevdan ko'ra Temurxo'ja Abduxoliqov o'zini yaxshi ko'rsatib kelayotgandi. Terma jamoa kasalxonaga aylanib qolayotgandek...
- Yo'q, kechirib qo'yasiz, bu kasalxona emas. Men sizni hurmat qilaman. Biroq bu fikringiz biroz noto'g'ri yangradi. Futbolchilar o'z ustida astoydil ishlamoqda va 3 mahal shug'ullanyapti. Yana bir karra aytaman, men tarkibga jalb etgan 40 nafar futbolchi meni ishontirdi va ularning o'yindagi harakatlari menda iliq taassurot qoldirdi.

- Osiyo Kubogiga qur'a tashlandi. Guruhdagi raqiblarimiz haqida fikr bildiridb o'tsangiz? Osiyo Kubogidagi qaysi natija biz uchun muvafaqiyatli deb qabul qilinadi?
- Osiyo Kubogi? Yanvar oyida bo'lib o'tadigan Osiyo Kubogidagi guruhimiz juda qiziqarli va kuchli raqiblardan iborat. Har bir o'yin biz uchun jiddiy sinov bo'lib, maksimal e'tibor va tayyorgarlikni talab qiladi.
Mening asosiy ambiciyalarimdan biri - Osiyo Kubogini yutish. Biz bu maqsad yo'lida bor kuchimiz bilan harakat qilamiz. Jahon chempionati biz uchun tajriba maydoni bo'lsa, Osiyo Kubogida esa natija uchun kurashamiz.



