Eshitdik-da! "Aral" Superligaga chiqsa, futbolchilarga avtomobil beriladi

Mirjalol Normatov
11 dek 2025
16 dekabr kuni Superligaga o'tish o'yini o'tkaziladi.

Unda Pro-liganing yakunlangan mavsumida 2-o'rinni egallagan "Aral" hamda o'tish o'yinlarida g'olib bo'lmagan "Buxoro" o'zaro kuch sinashadi.

Ushbu bahsda g'alaba qozonsa, "Aral" jamoasi futbolchilariga "Cobalt" avtomobili berilishi kutilmoqda. Uchrashuv Qoraqalpog'istonda o'tkazilishi, jamoaning imkoniyatlarini oshiradi.

Ma'lumot uchun, "Aral" mavsumdagi so'nggi turda "Lokomotiv"ni qabul qildi va 1:0 hisobida g'alabaga erishdi. Agarda jamoa yana bir gol ura olganida liga g'olibi sifatida to'g'ridan-to'g'ri Superligaga chiqardi.


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: championat.asia