

Eron futbol federatsiyasining ma'lum qilishicha, 50 yoshli ispaniyalik murabbiy O'zbekistondagi terma jamoa yig'inida qatnashish orqali murabbiylar shtabining yangi a'zosi sifatida o'z faoliyatini boshladi.
Losada jismoniy tayyorgarlik, fitnes va sport reabilitaciyasi sohasida faoliyat yuritadi hamda Madrid Yevropa universitetini fitnes va sport reabilitaciyasi yo'nalishi bo'yicha tamomlagan.
Terma jamoaning yangi murabbiyi shuningdek UEFAning yordamchi murabbiylik bo'yicha "ilg'or" sertifikatiga ega bo'lib, O'zbekistondagi yig'indan boshlab murabbiylar shtabining boshqa a'zolari qatorida Eron milliy terma jamoasi futbolchilariga hamrohlik qiladi.
Eslatib o'tamiz, O'zbekistonning Eronga qarshi bahsi 24 sentyabr kuni "Istiqlol" stadionida bo'lib o'tadi.



