Emod Muhammad: "Jahon chempionatida chorak finalga qadar yetib borishni maqsad qildik"

Aslanov Jasurbek
19 mar 2023
20 yoshgacha bo'lgan futbolchilar o'rtasidagi Osiyo kubogining final bahsida O'zbekiston terma jamoasiga mag'lub bo'lgan, Iroq U-20 terma jamoasining bosh murabbiyi Emod Muhammad, uchrashuvdan so'ng matbuot anjumanida ishtirok etib, o'yin haqidagi fikrlari bilan bo'lishdi.

- O'yin haqidagi fikrlaringiz?

- Birinchi navbtada raqibimizni chempionlik bilan tabriklayman. Ular bugun ajoyib o'yin namoyish etishdi va g'alaba qozonishdi. Bugun bizning omadimiz kelmadi.

- Ushbu turnirdagi jamoangizning ishtirokiga izoh berib o'tsangiz, turnirdan avval Iroq favoritlar qatorida emas edi, lekin finalga qadar yetib bordi.

- Yaxshi ishtirok bo'ldi deb o'ylayman. Bizning maqsadimiz jahon chempionatiga chiqish edi va biz ushbu vazifani udalladik. Ertadan boshlab jahon chempionati haqida o'ylashni boshlaymiz.

- Ushbu tarkibdan kimlarni yaqin kelajakda Iroq futboli yulduziga aylanadi deb o'ylaysiz?

- Ushbu tarkibdan qanchasi terma jamoa a'zosiga o'ylanishini bilmayman, ammo ularning ko'pchiligi Iroq futbolining yulduzi bo'lishga qodir. Mening bunga ishonchim qodir.

- Iroq terma jamoasi Indoneziyadagi jahon chempionatiga qanday tayyorgarlik ko'radi?

- Jahon chempionatiga tayyorgarlikni ertadan boshlaymiz. Ushbu musobaqada yo'l qo'ygan barcha hatolarimizni to'g'irlab, jahon chempionatida yaxshiroq ishtirok etamiz. Jahon chempionatiga yo'llanma qo'lga kiritishga yordam bergan barchaga rahmat aytaman, federatsiyadan tortib OAV vakillarigacha.

- Jahon chempionatidagi maqsadlaringiz haqida aytib o'tsangiz?

- Jahon chempionatida turli hil jamoalar ishtirok etishadi. Biz esa jahon chempionatida Osiyo sharafini himoya qilamiz. Ushbu tarkibga yana 3-4 futbolchini qo'shib olmoqchimiz. Jahon chempionatida chorak finalga qadar yetib borishni maqsad qilganmiz.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: championat.asia