Eldor Boymatov: "Balki uyda o'ynaganimizda yutib ketarmidik"

Абдулвосит Бектемиров
12 may 2026, 00:28
O'zbekiston Kubogi 1-turdan o'rin olgan "Bunyodkor" - "TerDu" uchrashuvidan so'ng mehmonlar ustozi Eldor Boymatov o'yindan keyingi matbuot anjumanida ishtirok etdi.

Yigitlar yaxshi o'ynashdi. "Bunyodkor" jamoasi tajriba tufayli yutib ketdi", - dedi Eldor Boymatov.

- Yuzaga kelayotgan imkoniyatlardan maksimal foydalanishga nima yetishmayapti?

- Mashg'ulotlarda hujumchilar va hujumkor yarim himoyachilar bilan alohida ishlayapmiz. Bugun paydon bo'lgan muammo emas, mavsum boshidanoq bunday muammoga qarshi kurashib kelyapmiz. Endi ushbu jihat ustida yanada ko'proq ishlaymiz.

- Ikkinchi tarkibga qarshi o'ynagan jamoangizdan qanchalik qoniqdingiz?

- Bilasizmi, ikkinchi tarkibga qarshi o'ynashning o'zi qiyin. Chunki futbolchilar o'zini ko'proq yaxshi jihatdan namoyish etishga harakat qiladi. Shuning uchun, futbolchilar "dokazat" qilish uchun ham o'ynashadi. Yigitlarga rahmat aytdim, jiddiy raqibga qarshi munosib kurashdik. Balki uyda o'ynaganimizda yutib ketarmidik. Mayli, barchasi omadga bog'liq-ku.

- Keyingi raqib va uchrashuv haqida fikr bildirib o'tsangiz...

- Keyingi uchrashuvni uyda o'tkazamiz. Bugun himoyada tartibliroq o'yin namoyish etishga intildik. Keyingi o'yinda esa hujumga e'tibor beramiz.

eldor boymatov.jpg


Абдулвосит БектемировMuallif
Manba: