Donald Tramp "Inter Mayami" futbolchilari bilan uchrashuvda: "Messi Peledan kuchliroq"

Khoja
6 mar 2026
AQSH prezidenti Donald Tramp MLS chempioni "Inter Mayami" futbolchilarini "Oq uy"da qabul qilish chog'ida floridaliklarning argentinalik sardori Lionel Messini afsonaviy braziliyalik hujumchi Pele bilan solishtirdi.

"Men Amerika prezidenti sifatida Lionel Messini Oq uyda birinchi marta qabul qilganimdan faxrlanaman! Lionel, mening o'g'lim sening muxlising. U seni haqiqiy afsona deb biladi. Kelganing uchun rahmat! Men o'ylaymanki, jamoadagi barcha futbolchilar orasida Messi eng katta bosim ostida bo'ladi, chunki undan har doim va hamma joyda faqat g'alaba kutiladi. U yana o'zini haqiqiy chempion sifatida ko'rsatdi va Amerikada chempionlikni qo'lga kiritdi. Pele futbolda juda zo'r bo'lgani aytiladi. Ayting-chi, kim kuchliroq: Pele yoki Messi? Men Messini tanlagan bo'lardim", - dedi Tramp Oq uyning rasmiy akkaunti orqali o'tkazilgan translyatsiyada.


KhojaMuallif
Manba: ESPN