Messining sobiq klubi bankrotlik yoqasida

Sherzod Nurmatov
11 may 2026, 15:25
Argentinalik futbolchi Lionel Messining ona shahri "Nyuells Old Boyz" iqtisodiy tanazzulga yuz tutdi.

Klub prezidenti Ignasio Boeroning so'zlariga ko'ra, klubning qarzi taxminan 30-35 million dollarni tashkil etadi, bu ko'rsatkich so'nggi to'rt yil ichida uch baravar ko'paydi.

"Nyuells" mavsumni olti o'yinlik mag'lubiyatsiz seriya bilan yakunlaganiga qaramay, Argentina Premer-ligasida 15 jamoa orasida 14-o'rinni egalladi.

9.jpg

Messi “Barselona”ga qo'shilishdan oldin 1994 yildan 2000 yilgacha "Old Boyz" akademiyasida shug'ullangan.

Messi hozirda MLS vakili "Inter Mayami" safida o'ynaydi va Amerika jamoasida yiliga taxminan 70-80 million dollar maosh oladi.


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: The Sun