8 mavsumlik tanaffusdan so'ng "Deportivo" LaLigaga qaytdi

25 may 2026, 07:20
2018 yildan beri ilk marta "Deportivo" LaLigada o'ynaydi.

Mavsum yakuniga bir tur qolganda jamoa "Valyadolid"ni mag'lub etdi va 77 ochko to'plagan holda, 3-o'rindagi "Almeriya"ni 6 ochko ortda qoldirmoqda. Bu esa "Deportivo"ni kelasi mavsum LaLigada o'ynashini kafolatladi. Yani, endi jamoa Segundada 2-o'rindan pastga tushib keta olmaydigan bo'ldi.

"Deportivo" 2017/2018 yilgi mavsumda tushib ketganidan beri LaLigada ko'rinish bermadi. 2020-2024 yillarda jamoa uchinchi divizionni ham "sayohat" qilib chiqdi.

Oldinroq liga peshqadami sifatida "Rasing" LaLigaga qaytgani ma'lum qilingandi.

O'xshash yangiliklar


Manba: championat.asia