SSKA Fayzullaevga narx belgiladi

Khoja
26 apr 2025, 08:22
Bu haqida rossiyalik insayder Ivan Karpov ma'lum qildi.

Insayderning ma'lum qilishicha, moskvaliklar yozda bir nechta chiziqlarni kuchaytirmoqchi. Buning uchun Rossiya jamoasi yetakchilaridan birini sotish kerak. SSKA Abbosbek Fayzullaevga bo'layotgan qiziqishlarni biladi va O'zbekiston MTJ a'zosini 12 million evrodan kamiga sotmoqchi emas.

Ma'lumot uchun, Abbosbekning SSKA bilan tuzgan shartnomasi kelasi yilning yozida yakunlanadi. 21 yoshli futbolchi joriy mavsum 32 ta uchrashuvda maydonga tushdi. Uning hisobida 3 ta gol va 7 ta golli uzatma bor. Transfermarkt nashri futbolchini 8 million evroga baholagan.

O'xshash yangiliklar


KhojaMuallif
Manba: bombardir.ru