

33 yoshli belgiyalik futbolchiga "Chikago Fayr" davogarlik qilmoqda. Amerika klubi futbolchi bilan muzokaralarni boshladi. Avvalroq, De Bryuynening mavsum yakunida "Siti"ni tark etishi ma'lum bo'lgandi.
De Bryuyne joriy mavsum 36 ta o'yinda maydonga tushib, 6 ta gol urdi va 8 ta golli uzatmani amalga oshirdi.



