Chempionlar ligasi-2. Singapur klubi avstraliyaliklarni mag'lub etib, finalga yo'l oldi

Aslanov Jasurbek
16 apr 2025
Chempionlar ligasi-2 yarim finalining javob o'yinida "Lion Siti Seylors" Avstraliyaning "Sidney" jamoasi mehmoni bo'lishdi.

Singapurda o'tkazilgan ilk bahsda mezbonlar 2:0 hisobida zafar quchishgan edi. Avstraliyadagi o'yinda janubi-sharqiy osiyoliklar mag'lub bo'lishdi, ammo ikki uchrashuv natijasiga ko'ra final yo'llanmasini qo'lga kiritishdi.

16 apr 2025, 15:00
Sydney — Lion City Sailors FC
1 – 0
Tugadi

"Sidney" - "Lion Siti Seylors" 1:0 (umumiy hisob 1:2)

Gol: Jo Lolli 85.


Eslatib o'tamiz, Chempionlar ligasi-2 finalida "Lion Siti"ni "Sharja" klubi kutib turibdi. Final uchrashuvi 18 may kuni Singapurda bo'lib o'tadi.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: championat.asia