"Chelsi" so'nggi bor APL chempioni qilgan sobiq murabbiyini ortga qaytarmoqchi

25 apr 2026, 09:05
Calciomercato nashrining xabar berishicha, "Chelsi" 2017 yilda APL chempionligini olib bergan italiyalik murabbiy Antonio Konteni ortga qaytarishni ko'rib chiqmoqda.

Manbaning xabar berishicha, Italiya futbol federatsiyasi ham Kontega qiziqish bildirmoqda, ammo "Chelsi" Konteni ortga qaytarish uchun maksimal harakat qilmoqchi.

Ma'lumot uchunm Konte ayni vaqtda "Napoli" bosh murabbiyi hisoblanadi. Kontening klub bilan amaldagi shartnomasi 2027-yil yozigacha amal qiladi. Italiya chempionatining 33 ta o'yinidan so'ng, "Napoli" 66 ochko to'pladi va uchinchi o'rinda bormoqda.

Eslatib o'tamiz, Konte 2016-18 yillar oralig'ida "ko'klar" bosh murabbiyi bo'lgan. Uning qo'l ostida jamoa 2017 yilda APL chempionligini qo'lga kiritgan. Bu hozirda "aristokratlar"ning so'nggi chempionligi bo'lib turibdi.


Manba: Calciomercato