"Chelsi" darvozabon topdi. Kiper londonliklar uchun tibbiy ko'rikdan ham o'tib bo'ldi

Omonjon To`xtamirzayev
25 avg 2023
"Nyu-Inglend Revolyushn" darvozaboni Jorje Petrovich "Chelsi" sharafini himoya qiladi.

Ma'lumotlarga qaraganda, futbolchi viza olishga muvaffaq bo'lgan va chorshanba oqshomida tibbiy ko'rikdan ham o'tib ulgurgan.

Serbiyalik golkiper "aristokratlar" bilan 2030 yilgacha shartnoma imzolaydi.

Eslatib o'tamiz, bugun "Chelsi" APL 3-turi doirasida "Luton"ga qarshi maydonga tushadi. 


Omonjon To`xtamirzayevMuallif
Manba: Фабрицио Романо