

"O'zbekiston jahon chempionatida ikki xil o'yin ko'rsatdi. Kolumbiya bilan bo'lgan birinchi bahsda jamoa munosib ko'rindi. Ularda ozmi-ko'pmi nimadir o'xshayotgandi. Ammo Portugaliya bilan o'yinda butunlay parokanda bo'lishdi. Asosiysi, O'zbekiston futbolchilari bunday raqibga qarshi qanday o'ynashni bilishmadi. Kannavaro taktika borasida oxirigacha ishlamagandek taassurot uyg'ondi. Ular beshta himoyachi bilan chuqur va rejalashtirilgan himoyada o'ynashni boshlashdi - bu yordam bermadi.
Pressingga o'tishni boshlashgan edi - bundan ham battar bo'ldi. Vaholanki, texnik va jismoniy jihatdan jamoa yomon tayyorlanmagan. O'zbekiston terma jamoasi o'rtacha darajadagi va jahon chempionati uchun normal jamoa. Mening shaxsiy fikrimcha, bu yerda taktika masalasi o'z so'zini aytdi. Va, albatta, Portugaliya terma jamoasining ajoyib o'yinini takidlash lozim. Ular bu jamoani anchadan beri ko'rmaganimdek darajada namoyish etishdi. Barcha futbolchilar yuqori saviyada harakat qilib, futbolni qanday o'ynash kerakligi bo'yicha mahorat darsini ko'rsatib berishdi", - dedi Koloskov.



