"Bunyodkor" sardori va "Surxon" futbolchisi faoliyatini "Metallurg"da davom ettiradi

5 avg 2026, 10:45
"Bunyodkor" sardori Najmiddin Normurodov va "Surxon" futbolchisi Javohir Jo'raev ikkinchi davrada "Metallurg" sharafini himoya qiladi.

"O'z oldiga yuqori maqsadlarni qo'ygan jamoamiz ikkinchi davra uchun tarkibni yanada kuchaytirish maqsadida yangi futbolchilar bilan shartnoma imzoladi.

Bungacha Toshkentning "Bunyodkor" futbol klubi sharafini himoya qilib kelgan, "qaldirg'ochlar" sardori Najmiddin Normurodov "Metallurg" sharafini himoya qiladi.

Shuningdek, Bekobod jamoasi iqtidorli himoyachi Javohir Jo'raev ham ikkinchi davrani "Metallurg"da o'tkazadigan bo'ldi. Futbolchi bungacha Superliga vakili" Surxon" klubi safida harakat qilayotgan edi", - deb xabar beradi bekobodliklar matbuot xizmati.

O'xshash yangiliklar


Manba: @metallurguz