

JCH-2026 doirasidagi Ispaniyaga qarshi yarim final uchrashuvi Desham uchun turnirdagi 26-si bo'ldi. Desham 1966 yildan 1978 yilgacha FRG terma jamoasini boshqargan Xelmut Shenni ortda qoldirib, bu ko'rsatkich bo'yicha mutlaq rekordchiga aylandi. Desham Fransiya terma jamoasini 2014 yildan buyon boshqarib kelmoqda. Uning qo'l ostida fransiyaliklar 2018 yilda jahon chempionatida g'olib chiqishdi va 2022 yilda finalgacha yetib borishdi.



