BUM! "Roma"ning yangi bosh murabbiyi deyarli aniq!

Mirjalol Normatov
30 may 2025
Jan-Pero Gasperini "Roma" bosh murabbiyisha aylanadi.

"Atalanta"ni tark etgan mutaxassis bugun "Yuventus"ning bo'lajak sport direktori Damen Komolli bilan suhbatlashgan va turinliklar bosh murabbiyi bo'lish fikridan voz kechgan.

Gasperini uzoq vaqt mobaynida "Yuventus" va "Roma"dan birini tanlashi kerak bo'lgan va u Rim jamoasini tanlagan. Bu ma'lumotni Fabricio Romano ham tasdiqlagan. Murabbiyning rimliklar bilan muzokaralari ancha yaxshi o'tmoqda. Klub rahbariyati bilan uchrashuv orqali u o'zini "Roma" uchun kerakli inson sifatida his qilgan.

Qayd etish kerak, "Roma"da hamyurtimiz, O'zbekiston terma jamoasi sardori Eldor Shomurodov faoliyat olib bormoqda.


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: La Gazzetta dello Sport