

Superliga jamoalari esa o'z maqsadlari yo'lida oxirgi umidni ishga solishlari tayin. Cho'kayotgan inson cho'pga ham tirmashadi deganlaridek ular uchun ham bugungi har ochkolar muhim hisoblanadi. Bir necha soatdan so'ng start oladigan 26-tur uchrashuvlari oldidan esa sobiq futbolchi Zohir Pirimov jamoalarning imkoniyatlarini baholadi.
- "Navbahor" hozirda yaxshi sport formasida bo'lib turibdi. Boz ustiga jamoa o'z maydonida o'ynaydi. Shu sababli "lochinlar" kichik hisobdagi g'alabani o'ziniki qilsa kerak.
- Bu o'yinda OKMK bor imkoniyatini ishga solishiga shubham yo'q, chunki ular ikkinchi o'rin uchun kurashmoqda. Olmaliqliklarning g'alabasini kutyapman.
- Murosasiz o'yin kechishini taxmin qilyapman. "Lokomotiv" Superligada qolish uchun kurashmoqda. Har bir ochko jamoa uchun juda muhim hisoblanadi."Neftchi" mavsumni bundanda yaxshiroq o'rinda tugatish imkoniyatiga ega. Uchrashuv durang bilan yakunlanishi mumkin.
- Toshkent derbisi teng kurashlar ostida o'tishi ehtimoli yuqori. Jamoalarning turnir jadvalidagi o'rnidan kelib chiqib biroz bo'lsada o'rnini yaxshilab olishi mumkin. Bitta gol hamma narsani hal qiladi.
- "Olimpik" ham Superligada qolish uchun kurashdan chiqqani yo'q. Ularda motivaciya kuchliroq. "Surxon"da esa aksincha. Natija qanday bo'lishidan qatiy nazar o'z o'rnida qoladi. Toshkent klubining g'alabasini kutyapman.
- Ushbu to'qnashuv "So'g'diyona" uchun katta ahamiyat kasb etadi. Mazkur bellashuvda qo'lga kiritilgan 3 ochko bronza medallarini naqd qiladi. "Dinamo"da faqat 1 pog'ona ko'tarilish imkoniyati mavjud, xolos.
- "Nasaf" mavsumni g'alaba bilan yakunlashga harakat qiladi. "Metallurg" Superligada qolish uchun bor kuchi bilan o'ynashi aniq. Bu o'yinda har qanday hisob qayd etilishi mumkin.

