"Bu mening muammom emas". "Al Ittihod" bosh murabbiyi Benzema haqida fikr bildirdi

Sherzod Nurmatov
2 fev 2026, 17:23
"Al Ittihod" bosh murabbiyi Serjiu Konseysau yangi shartnoma bilan bog'liq muammolar fondida jamoa o'yiniga chiqishdan bosh tortgan hujumchi Karim Benzema atrofidagi vaziyatga ilk bor izoh berdi.

Portugaliyalik mutaxassis bo'layotgan holatni o'z mas'uliyati doirasiga kiritmasligini va shartnoma bo'yicha mojarodan uzoq turishni afzal ko'rishini ochiq-oydin aytdi.

"Benzemaga oid barcha savollar rahbariyatga. Mening vazifam - jamoa, natija va sovrinlar. Karim - katta professional va juda yuqori darajadagi o'yinchi. U bilan ishlash men uchun sharaf", – dedi Konseysau.

Avvalroq Benzema yangi kelishuv bo'yicha muzokaralar to'xtatilganini bilib, "Al Ittihod" safida o'ynashdan bosh tortgani ma'lum bo'lgandi. Fransiya OAV ma'lumotlariga ko'ra, klub forvardga maoshni jiddiy qisqartirishni taklif qilgan, daromadning katta qismini esa tijoriy va imij huquqlaridan ajratmoqchi bo'lgan.

Fransiyalik futbolchi bunday shartlarni haqorat deb qabul qilib, buni "bepul o'ynashga" majburlashga urinish deb baholagan. Natijada "Al Fath"ga qarshi o'yinda maydonga tushmaslik haqidagi qaror uchrashuvga bir necha soat qolganida qabul qilingan.

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: Foot Africa