Brunu – ESPN talqiniga ko'ra dunyoning eng yaxshi hujumkor yarim himoyachisi. Bellingem – 2, Sherki – 4, Maktominey – 8-o'rinda

Administrator
19 avg 2026, 01:58
ESPN dunyoning eng yaxshi hujumkor yarim himoyachilari reytingini tuzib chiqdi.

Ovoz beruvchilarga ko'ra 2025/26 yillar mavsumidagi o'yinlaridan kelib chiqib, alohida poziciyalardagi eng yaxshi futbolchilarni nomlash taklif etildi. Shu bilan birga, ro'yxatdan mavsumning salmoqli qismini jarohat sababli o'tkazib yuborgan futbolchilar ham joy oldi – bu ularning avvalgi mavsumlardagi o'yinlari evaziga bo'ldi. 2026 yilgi jahon chempionatidagi ishtirok hisobga olindi, ammo birinchi darajali rol o'ynamadi, butun mavsum davomidagi o'yin muhimroq edi. Uzoq masofadagi muvaffaqiyatlar Chempionlar Ligasi kabi kamroq o'yin o'tkaziladigan turnirlarga qaraganda yuqoriroq baholandi. Eng yaxshi 15 ta hujumkor xavbek ro'yxatidan quyidagilar joy oldi:

  • Brunu Fernandesh ("Manchester Yunayted", Portugaliya terma jamoasi).

  • Jud Bellingem ("Real", Angliya terma jamoasi).

  • Dominik Soboslai ("Liverpul", Vengriya terma jamoasi).

  • Rayan Sherki ("Manchester Siti", Fransiya terma jamoasi).

  • Niko Pas ("Komo", Argentina terma jamoasi).

  • Martin Edegor ("Arsenal", Norvegiya terma jamoasi).

  • Morgan Rodjers ("Chelsi", Angliya terma jamoasi).

  • Skott Maktominey ("Napoli", Shotlandiya terma jamoasi).

  • Arda Gyuler ("Real", Turkiya terma jamoasi).

  • Kristof Baumgartner ("Leyptsig", Avstriya terma jamoasi).

  • Morgan Gibbs-Uayt ("Nottingem Forest", Angliya terma jamoasi).

  • Dani Olmo ("Barselona", Ispaniya terma jamoasi).

  • Jamal Musiala ("Bavariya", Germaniya terma jamoasi).

  • Djon Makginn ("Aston Villa", Shotlandiya terma jamoasi).

  • Serj Gnabri ("Bavariya", Germaniya terma jamoasi).

O'xshash yangiliklar


AdministratorMuallif
Manba: ESPN