Bruno Fernandesh "Al-Ittihod" bilan yashirin uchrashuv o'tkazdi. Futbolchi yillik istagini ma'lum qilgan

Khoja
24 avg 2025
"Manchester Yunayted" sardori Bruno Fernandesh Saudiya Arabistonining "Al-Ittihod" klubi bilan yashirin uchrashuv o'tkazdi.

Fernandesh yoz boshida Saudiya Arabistonining “Al-Hilol” klubining foydali taklifini rad etgandi.

Ammo "Yunayted" hali ham sardori va yulduz futbolchisini yo'qotish xavfidan qutulgan emas. Fernandes vakillari yaqinda "Al-Ittihod" rahbarlari bilan uchrashishdi.

Dastlabki aloqa ijobiy bo'lgani aytilmoqda. "Al-Ittihod" Fernandeshni qo'lga kiritishni istamoqda va endi ular kelishuvga erishganiga ishonchlari komil.

Fernandeshning vakillari allaqachon o'z mijozlarining istagini ma'lum qilishgan. 30 yoshli yarim himoyachi yiliga 33 million funtlik maoshga ega bo'lmoqchi.



KhojaMuallif
Manba: sports.ru