

"Tulkilar" bosh murabbiyi kelayotgan transfer oynasida futbolchini saqlab qolish juda murakkab ekanini tan oldi. Yozda Premer-ligadagi raqibi "Nyukasl"ning 25 yoshli futbolchi uchun 2 ta taklifi rad etildi.
Meddisonning mavsumni ajoyib boshlagani tufayli boshqa qo'shimcha takliflar ham tushishi kutilmoqda.
"U siz hech qachon yo'qotishni istmaydigan o'yinchilardan biri", – dedi Rojers ingliz futbolchisiga bo'lgan qiziqish haqida.
Angliya Premer-ligasi 2022/23 yilgi mavsumda shu paytga qadar 7 ta o'yinda ishtirok etgan Meddison xuddi shuncha samaradorlik (5+2) ko'rsatdi.



