Brendan Rojers "Seltik" murabbiyligidan iste'foga chiqdi

Sherzod Nurmatov
28 okt 2025
"Seltik" o'z veb-saytida Brendan Rojersning bosh murabbiylik lavozimidan iste'foga chiqqanini e'lon qildi.

52 yoshli murabbiy iste'foga chiqish to'g'risida ariza berdi, bu ariza Shotlandiya klubi rahbariyati tomonidan qabul qilindi.

2000 yildan 2005 yilgacha "Seltik"ni boshqargan Martin O’Nill vaqtinchalik bosh murabbiy bo'ldi.

Rodjers "Seltik"ni 2016 yildan 2019 yilgacha va 2023 yildan 2025 yilgacha boshqargan. Uning rahbarligida klub besh marta Shotlandiya chempionati, to'rtta Shotlandiya Kubogi va to'rtta Shotlandiya Ligasi Kubogini qo'lga kiritdi.

"Seltik" to'qqizta o'yindan so'ng 17 ochko to'pladi, yetakchi "Xarts"da 8 ochko ko'p.


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: celticfc.com