Braziliya prezidenti Karlo Anchelotti bilan Neymarning kelajagini muhokama qildi

Sherzod Nurmatov
16 apr 2026, 13:20
Braziliya prezidenti Luis Inasiu Lula da Silva milliy terma jamoa bosh murabbiyi Karlo Anchelotti bilan uchrashdi.

Suhbatning asosiy mavzusi Neymarning 2026 yilgi Jahon chempionati uchun tarkibga qaytishi haqida bo'ldi.

"RMC Sport"ning xabar berishicha, suhbat davomida Anchelotti prezidentdan 34 yoshli hujumchini taklif qilish zarurati haqidagi fikrlarini so'radi. Lula da Silva Neymar faqat yaxshi jismoniy holatda va jamoaga hissa qo'shishga tayyor bo'lgan taqdirdagina chaqirilishi zarurligini aytdi.

Prezidentning poziciyasiga qaramay, Anchelottining hozirgi rejasida "Santos" yulduz hujumchisini mundial yakuniy qaydnomasiga kiritish ko'zda tutilmagan. Murabbiy hali Neymar uchun joy yo'q bo'lgan hozirgi tarkibga tayanishda davom etmoqda.


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: RМC Sport