Vinisius Jahon chempionatida u uchun eng muhimi nima ekanligini ma'lum qildi

13 iyun 2026, 10:20
Braziliya terma jamoasi hujumchisi Vinisius Junior bo'lajak JCH-2026 o'yinlari haqida o'z fikrlarini bildirdi.

"Bizning yagona maqsadimiz - Jahon chempionatida g'olib chiqish. Qolgan hech narsa ahamiyatga ega emas. Oldinda sakkizta o'yin bor va men mamlakatimiz hamda jamoamiz muvaffaqiyatiga o'z hissamni qo'sha olaman. Men uchun gollar yoki golli uzatmalar emas, balki sifatli o'yin ko'rsatish va jamoadoshlarimga ishonch bag'ishlash muhimroq. Shaxsan o'zim qancha gol urishimning ahamiyati yo'q, asosiysi - Braziliya terma jamoasining egallaydigan o'rni", - deya Vinisiusning so'zlarini keltiradi insayder Fabricio Romano.

Eslatib o'tamiz, Braziliya terma jamoasi JCH-2026 guruh bosqichida Marokash, Gaiti va Shotlandiyaga qarshi bahs olib boradi.

O'xshash yangiliklar


Manba: x.com/FabrizioRomano