

Bugun turnir finalida "Palmeyras" "Estudiantes"ni mag'lub etdi (1:0).
Braziliya A Seriyasi klublari ketma-ket sakkiz bor turnir g'olibiga aylanishdi – bu musobaqa tarixidagi eng uzoq seriya hisoblanadi. Argentina jamoalari esa ko'pi bilan ketma-ket to'rt mavsumda zafar quchishgan.
Endilikda Braziliya klublari hisobida Libertadores kubogida 26 ta g'alaba bor. Ular Argentinadan (25) o'zib ketishdi. Uchinchi o'rinni 8 ta sovrin bilan Urugvay egallab turibdi.



