Afsuski, 4 kun oldin maydonda xushini yo'qotgan 27 yoshli futbolchi vafot etdi

Tolibjon Qosimov
28 avg 2024
24 avgust kuni Libertadores kubogi 1/8 finali doirasidagi "San-Paulu" - "Nasonal" o'yinining 84-daqiqasida urugvayliklar yarim himoyachisi Xuan Iskerdo maydonda xushini yo'qotib yiqilgan edi.

Keyinchalik uni shifoxonaga olib ketishgan va u jonlantirish bo'limida shifokorlar nazoratida bo'lib turgan edi.

Libertadores Kubogi uchrashuvi vaqtida nohush holat ro'y berdi

"Nasonal" klubi matbuot xizmati bugun 27 yoshli yarim himoyachi vafot etganini e'lon qildi. Futbolchi yurakdagi muammo sabab olamdan o'tdi.

"Futbol klubimiz qalblarimizda chuqur qayg'u va iztirob bilan sevimli futbolchimiz Xuan Iskerdo vafot etganini e'lon qiladi.

Uning oila a'zolari, do'stlari, hamkasblari va qarindoshlariga samimiy hamdardlik bildiramiz. Butun "Nasonal" uning o'rnini to'ldirib bo'lmas judoligi uchun motam tutadi. Xuan, sen biz bilan abadiy birga bo'lasan", - deb yozilgan klub rasmiy bayonotida.


Tolibjon QosimovMuallif
Manba: x.com/Nacional