"Bunyodkor" sobiq bosh direktori: "2027 yilda "Bunyodkor"ni yaxshigina moliyalashtirish bo'lishini e'lon qilishgan"

29 noya 2026, 10:15
"Bunyodkor" sobiq bosh direktori Ulug'bek Mirzaev "Xalq so'zi" yutub kanaliga bergan intervyusida "qaldirg'ochlar" kelasi mavsumda yaxshigina moliyalashtirilishi haqida fikr bildirdi.

O'tgan xafta "O'zbekneftgaz" kompaniya "Bunyodkor" klubi rahbariyatini uchrashuvga taklif qildi. Bu uchrashuvda O'FA birinchi vice-prezidenti Ravshan Ermatov ham ishtirok etgan. Muxlislar uchun, "Bunyodkor" bilan bog'liq eng katta muammo Rivaldo masalasi ham muhokama qilingan. Hozirda klubning Rivaldodan 60 milliard miqdorda qarzi bor. "O'zbekneftgaz" rahbariyati Rivaldo masalasini yopishligini aniq aytishgan. Jamoaga oldin qanday moliyalashtirilgan bo'lsa yana kuchli jamoa shakllantirish bo'yicha smeta tayyorlash vazifasi berilgan. 2027 yilda "Bunyodkor"ni yaxshigina moliyalashtirish bo'lishini e'lon qilishgan. "Bunyodkor" yo'q bo'lib kyetmaydimi, qoladimi degan masalalarga aniqlik kiritildi. "Bunyodkor"ning o'zi qattiq harakat qilib, Superligada o'rnini saqlab qolsa bo'lgani. Deyarli bir yil deganda "Dinamo" bilan o'yinga "Bunyodkor" uchun mukofot pullari e'lon qilindi. Jamoada moliyaviy mablag' paydo bo'ldi.

O'xshash yangiliklar

Manba: @XalqSoziOnline