

"Hakam vaqtni cho'zish holatlariga juda bag'rikenglik bilan qaragani ularning omadi. Bu mavzuga chuqur kirishmoqchi emasman, biroq u shu qadar murosasoz bo'ldiki, mutlaqo aniq qoidani qo'llamadi: agar murabbiylar shtabi vakillaridan biri maydonga to'p uloqtirsa, murabbiy qizil kartochka olishi kerak. Ular maydonga ikki marta to'p uloqtirishdi, lekin hakam bunga ham, vaqtni cho'zishga ham juda bag'rikenglik bilan yondashdi", - deya Mourinyuning so'zlarini keltiradi Marca.
La Ligada o'tkazilgan 14 ta uchrashuv yakuniga ko'ra Madridning "Real" klubi hisobida 33 ochko mavjud va jamoa turnir jadvalida uchinchi o'rinni egallab turibdi. "Alaves" esa 19 ochko bilan sakkizinchi pog'onada joylashgan.



