Bolonya sobiq futbolchisi: Shomurodov Romada qolib, o'ynab ketish imkoniyati bor

Khoja
4 iyul 2024
Bolonya sobiq futbolchisi Igor Kolivanov O'zbekiston terma jamoasi sardori Eldor Shomurodov haqida fikr bildirdi.

Shomurodov Romaning yangi ustozi De Rossi qo'l ostida o'ynab ketishi mumkin. Yangi murabbiy uning imkoniyatlarini hali to'liq bilmaydi. Rimliklar hujumchida raqobat kuchli, biroq murabbiylarning qarashlari boshqacha bo'ladi. De Rossi Eldorga imkon beradi deb o'ylayman.

 Oldinda yig'inlar bor. Futbolchining o'zi ham murabbiyga nimalarga qodir ekanligini isbotlashi lozim. Mabodo rimliklar ustozi Eldorni tarkibga kiritishni istamasa, boshqa jamoaga o'tish lozim. Chunki Shomurodov zaxirada o'tiradigan futbolchilardan emas.

Eldor A seriyaning o'rtada yuradigan jamoalarida bemalol o'ynab keta oladi. Biroq barchasi uning qo'lida emas, sababi Roma hujumchisining transferidan yaxshigina pul ishlab olmoqchi. Hozirda Eldorning vaziyati qiyin, - dedi Kolivanov.


KhojaMuallif
Manba: fergana.agency