Germaniya o'rtoqlik o'yinida JCH-2026 mezbonini mag'lub etdi

7 iyun 2026, 01:36
Chikagodagi "Soldier Field" stadionida AQSH hamda Germaniya termalari o'zaro o'rtoqlik o'yini o'tkazdi.

Unda Yevropa qitasi vakillarining g'alabasi kuzatildi. Uchrashuvda hisob 2-daqiqadayoq Kay Xavertc tomonidan ochildi. Antoni Robinson birinchi bo'limning o'zida hisobni tenglashtirgandi. Biroq ikkinchi bo'limda aynan Xavertcning pasidan keyin Leroy Sane yana bir bor Germaniyani hisobda oldinga olib chiqdi. Ushbu hisob o'yin yakunigacha saqlanib qoldi.

O'xshash yangiliklar


Manba: championat.asia