Argentina Messisiz JCH-2026 oldidan Gondurasni mag'lub etdi

7 iyun 2026, 07:55
Toshkent vaqti bilan tongda o'rtoqlik uchrashuvi bo'lib o'tdi va unda Argentina terma jamoasi Gondurasdan ustun keldi.

Bahs 2:0 hisobida yakunlandi.

O'yindagi hisobni 37-daqiqada penaltini aniq amalga oshirgan Lautaro Martines ochdi. Ikkinchi bo'lim boshida esa aynan u Juliano Simeonega golli uzatma etkazib berdi.

Argentinaliklar yetakchisi Lionel Messi butun uchrashuvni zaxira o'rindig'ida o'tkazdi.

Argentina terma jamoasi JCH-2026da ishtirok etadi. "J" guruhida ularga Jazoir, Avstriya va Iordaniya raqiblik qiladi.

O'xshash yangiliklar


Manba: championat.asia