

Dastlabki bahsda "Altin Asir" hamda "Arkadag'" jamoalari o'zaro kuch sinashdi. Qiziqarli kechgan bellashuvda "Arkadag'" futbolchilari 3:1 hisobidagi ishonchli g'alabani qo'lga kiritib, final yo'llanmasiga ega chiqishdi. Uchrashuvda Mekan Saparov, Yazgulich Gurbanov va Dayanch Meredovlar tomonidan kiritilgan gollarga mezbonlardan Rovshengeldi Xalmammedov yagona javob qaytardi.
Musobaqaning yana bir bahsida "Ahal" jamoasi safarda "Kopetdag'" mehmoni bo'lib, 5:1 hisobidagi yirik g'alabani tantana qildi.
Eslatib o'tamiz, joriy yilning 2 avgust kuni Turkmanistonda mamlakat Superkubogi uchun bellashuv bo'lib o'tgan edi. Ushbu nufuzli uchrashuvda ham "Arkadag'" aynan "Ahal" jamoasi bilan to'qnash kelib, ularni 3:0 hisobida mag'lubiyatga uchratgan va mavsumning dastlabki sovriniga ega chiqqandi.



